Vakansiya nomi: Kontent-meyker / Kontent-strateg (Kreator)
Vakansiya nomi: Kontent-meyker / Kontent-strateg (Kreator)
Kompaniya: Bratus marketing agentligi
Ish haqi: 8 000 000 – 12 000 000 so‘m (qo‘lga tegadigan)
Ish tajribasi: 1–3 yil Bandlik turi: To‘liq bandlik, to‘liq ish kuni
Kompaniya haqida: "Bratus" marketing agentligi o'zining kreativ jamoasiga tajribali, g'oyalarga boy va kontent orqali brendlarni o'stira oladigan Kontent-meyker (Kontent-strateg) izlamoqda. Agar siz trendlarni his qilsangiz va tomoshabinni bitta videoda ushlab qoladigan ssenariylar yoza olsangiz — biz sizni kutmoqdamiz!
Sizning vazifalaringiz:
Brendning bozordagi pozitsiyasi va umumiy marketing strategiyasiga to‘laqonli mos keluvchi samarali kontent-strategiya hamda kreativ g‘oyalar ishlab chiqish;
Ijtimoiy tarmoqlar uchun (Instagram, Telegram, TikTok, YouTube) uzoq va qisqa muddatli kontent-rejalar hamda jalb qiluvchi kreativ ssenariylar yozish;
E'lon qilingan kontentning statistika va natijalarini (qamrov, CTR, ER va h.k.) doimiy tahlil qilish hamda shunga asoslanib keyingi strategiyani optimallashtirish.
Bizning talablarimiz:
Marketing yoki kontent menejmenti sohasida kamida 1-2 yillik amaliy ish tajribasi;
Kuchli kreativlik, kopirayting va "storytelling" (hikoya qilib berish) qobiliyati;
O‘z fikri hamda vizualini production (tasvirga olish) jamoasiga to‘g‘ri yetkaza olish va ular bilan hamjihatlikda ishlash ko‘nikmasi;
O‘zingiz ishlab chiqqan g‘oyalar va ularning amaldagi natijalarini ko‘rsatib bera oladigan kuchli portfolio (taqdim etish majburiy).
Biz taklif qiladigan sharoitlar:
Barqaror va yuqori daromad: 8 000 000 dan 12 000 000 so‘mgacha (nomzodning tajribasi va portfolisiga asosan suhbatda belgilanadi);
Ish formati: Oflayn, shinam ofisda;
Ish grafigi: 6/1, soat 10:00 dan 19:00 gacha;
Manzil: Toshkent shahri;
Kreativ muhit, professional o'sish va katta loyihalarda ishtirok etish imkoniyati.
Qanday murojaat qilish mumkin? Agar siz o'zingizni ushbu lavozimga mos deb bilsangiz, HH.uz orqali javob qoldiring yoki to'g'ridan-to'g'ri rezyume va portfoliongizni Telegram orqali yuboring:
HireSeeker собирает вакансии со всех площадок и присылает только релевантные. Бесплатно.