yatt abduroziqov safarmurod iskandar o‘g‘li · На сервисе с: 21.08.26 13:14
Talablar:
SMM / Digital Marketing bo‘yicha kursni tugatgan bo‘lishi;
Instagram va Telegram kabi asosiy ijtimoiy tarmoqlarni yaxshi tushunishi;
Instagram Reels, Stories, Carousel va boshqa kontent formatlari haqida bazaviy tushunchaga ega bo‘lishi;
Kontent reja qanday tuzilishini bilishi;
Kreativ fikrlash, yangi g‘oyalar taklif qilish va mustaqil ishlash qobiliyati;
Trendlarni kuzatish va ularni brendga moslashtira olish;
Oddiy copywriting va postlar uchun matn yozish ko‘nikmasi;
Auditoriyani tushunish va kontentni unga moslashtirishga qiziqishi;
Raqamlar va SMM statistikalarini tahlil qilishga qiziqishi;
Tezkor, mas’uliyatli va natijaga yo‘naltirilgan ishlash qobiliyati;
Jamoada ishlay olish va feedback’ga ochiqlik;
Portfolio bo‘lishi — plus;
Rus va ingliz tillarini bilishi — plus;
Mas'uliyatlar:
Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent ishlab chiqishda ishtirok etish;
Kontent reja tuzish va uni amalga oshirishda yordam berish;
Reels, Stories, Carousel va boshqa formatlar uchun g‘oya va mavzular ishlab chiqish;
Kontent uchun ssenariy va matnlar tayyorlash;
Trendlar, raqobatchilar va auditoriyani muntazam tahlil qilish;
Trendlarni brend va auditoriyaga moslashtirish;
Kontent natijalarini kuzatish va asosiy SMM ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
Kontent yaratish va syomka jarayonlarida qatnashish;
Dizayner, montajyor, targetolog va boshqa marketing jamoasi bilan birgalikda ishlash;
Kontentlarni belgilangan muddatlarda tayyorlash va joylashtirish;
Loyihalar bo‘yicha berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
Senior SMM Manager bilan birga real loyihalarda ishlash va amaliy tajriba orttirish.
Kimni qidiryapmiz:
Bosiq, mas'uliyatli va fokusni ushlab ishlay oladigan;
Vazifani oxirigacha yetkazadigan;
Kreativ fikrlaydigan va yangi g‘oyalar taklif qilishdan qo‘rqmaydigan;
Tez o‘rganadigan va feedback’ni to‘g‘ri qabul qiladigan;
SMM va marketing sohasida rivojlanishga kuchli qiziqishi bor;
Mustaqil izlanish va research qila oladigan;
Raqamlar, analitika va natijalar bilan ishlashga qiziqadigan;
AI vositalaridan foydalanib, ish samaradorligini oshirishga intiladigan;
Jamoada ishlashni biladigan va kommunikatsiyasi yaxshi.
Amaliyot muddati:
1 oydan 3 oygacha.
Amaliyot muddati nomzodning bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari, o‘rganish tezligi, vazifalarni bajarish sifati, mustaqil ishlash qobiliyati va umumiy salohiyatiga qarab belgilanadi.
Amaliyot davomida siz:
Real loyihalarda ishlaysiz;
Tajribali SMM mutaxassislaridan o‘rganasiz;
Kontent strategiyasi va SMM jarayonlarini amaliyotda o‘zlashtirasiz;
Portfolio uchun real кейсlar to‘playsiz;
SMM’ning barcha asosiy jarayonlarida qatnashasiz.
Biz taklif qilamiz:
Toshkent shahar markazida ofis;
Do‘stona va yosh jamoa;
Real loyihalarda amaliy tajriba;
Xalqaro va O‘zbekistonning yirik IT kompaniyalari bilan ishlash imkoniyati va amaliy tajriba;
Tajribali marketing mutaxassislaridan o‘rganish;
Professional va karyera rivojlanishi uchun imkoniyat;
Amaliyot yakuniga ko‘ra kompaniyada ishni davom ettirish imkoniyati.
HireSeeker собирает вакансии со всех площадок и присылает только релевантные. Бесплатно.