
Yo‘nalish: Ta’lim loyihalarini boshqarish
tech lab uzbekistan · На сервисе с: 21.09.26 08:26
Yo‘nalish: Ta’lim loyihalarini boshqarish
Bandlik turi: To‘liq bandlik
Ish formati: Ofis / gibrid
Ish joyi: Andijon
Ish tajribasi: 3 yildan ortiq
Ta’lim loyihalarini mustaqil boshqaradigan va loyiha yakuniy natijasi uchun to‘liq javob beradigan Loyiha menejerini izlayapmiz.
PM loyihaning rejalashtirilishi, ishga tushirilishi, jamoa boshqaruvi, operatsion jarayonlar, moliyaviy natijalar, sotuv va rivojlanish ko‘rsatkichlari uchun mas’ul bo‘ladi.
— Loyihani rejalashtirish, ishga tushirish va rivojlantirish.
— Maqsad, KPI, budjet va muddatlarni belgilash va nazorat qilish.
— Loyiha jamoasini shakllantirish va boshqarish.
— Marketing, sotuv va ta’lim jarayonlarini muvofiqlashtirish.
— Daromad, xarajat va rentabellikni nazorat qilish.
— CRM va asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha monitoring va tahlil olib borish.
— Muammolarni mustaqil hal qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
— Rahbariyatga muntazam natijaviy hisobot taqdim etish.
Loyiha menejeri quyidagilar uchun to‘liq javobgar:
Moliyaviy natija — daromad, xarajat va rentabellik.
Operatsion natija — muddat, sifat va jarayonlar.
Jamoa natijasi — xodimlar samaradorligi.
Tijoriy natija — sotuv, konversiya va mijozlar.
Rivojlanish — o‘sish va loyiha samaradorligi.
Har bir loyiha uchun — 20 000 000 so‘m/oy
2 000 000 so‘m — kafolatlangan qism (10%)
18 000 000 so‘m — KPI qismi (90%)
KPI loyiha turiga qarab belgilanadi va daromad, foyda, sotuv, o‘quvchilar soni, konversiya, retention, budjet va operatsion natijalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
KPI bajarilishi:
100% → KPI fondining 100%
80% → KPI fondining 80%
50% → KPI fondining 50%
50% dan past → ushbu KPI bo‘yicha to‘lov yo‘q
100% dan yuqori natija uchun qo‘shimcha bonus mavjud. Maksimal KPI to‘lovi — 120%.
Bir PMga bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 2 ta yirik loyiha biriktiriladi.
— Loyiha menejmenti yoki operatsion boshqaruvda kamida 3 yil tajriba.
— Jamoani boshqarish va KPI bilan ishlash tajribasi.
— Budjet, daromad, xarajat va rentabellikni tushunish.
— Excel / Google Sheets va CRM bilan ishlash.
— Tahliliy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish.
— Ta’lim yoki EdTech sohasidagi tajriba — ustunlik.
O‘zbek tili — C2
Ingliz tili — C1
Rus tili — C1
Til darajasi suhbat va amaliy topshiriq orqali baholanadi.
Ownership, liderlik, tizimli fikrlash, yuqori mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik — ushbu lavozimning asosiy mezonlari.
Biz faqat topshiriq bajaradigan xodim emas, loyihani biznes sifatida boshqara oladigan menejer izlayapmiz.
— KPIga bog‘langan shaffof kompensatsiya tizimi.
— Yuqori darajadagi mustaqil qaror qabul qilish vakolati.
— Real ta’lim loyihalarini boshqarish.
— Natijaga qarab daromadni oshirish imkoniyati.
— Uzoq muddatli professional rivojlanish.
Kompensatsiya: 20 000 000 so‘m/loyiha/oy + KPI bo‘yicha bonus.
HireSeeker собирает вакансии со всех площадок и присылает только релевантные. Бесплатно.