ASKOga SMM menejer kerak
Mijoz: ASKO, O’zbekiston bo’ylab 80+ filialga ega shina, disk va akkumulyator savdo tarmog’i.
Muammo: Shina va akkumulyator haqida ko’pchilik faqat kerak bo’lganda o’ylaydi. Biz ASKOni shunday brendga aylantirmoqchimiz, uni har kuni kuzatib borish qiziqarli bo’lsin.
Vazifa: Shu brendni Instagram’da “uchiradigan” odamni topish. Bu odam siz bo’lishingiz mumkin.
Siz nima qilasiz:
- Instagram uchun kontent-strategiya va oylik kontent-reja tuzasiz
- Kontentni o’zingiz yaratasiz: Reels’ni suratga olishda ishtirok etasiz, montajni ko'rasiz, post va stories dizaynini tayyorlatasiz, caption yozasiz
- Trendlarni kuzatib, ularni ASKO tiliga moslashtirasiz
- Statistikani tahlil qilasiz: nima ishladi, nima ishlamadi, nega
Biz kimni qidiryapmiz?
Albatta kerak:
- SMM’da kamida 2 yil tajriba va o’zingiz yaratgan kontentdan iborat portfolio
- Reels suratga olish va montaj qilish (CapCut, Premiere yoki boshqa dastur)
- Dizayn bilan ishlash (Canva, Figma yoki Photoshop)
- Instagram statistikasini tushunish: reach, ER, saqlashlar, obunachi o’sishi
Afzallik:
- Akkauntni noldan yoki past natijadan o’stirgan keys
- Meta Ads’da target reklama tajribasi
- Avtosferada ish tajribasi
Xarakter:
- G’oyalaringiz ko’p va ularni o’zingiz amalga oshirasiz
- Tanqidni qabul qilasiz va natija uchun ishlaysiz
- Muddatga amal qilasiz: kontent-reja sizda qog’ozda qolib ketmaydi
KPI: muvaffaqiyatni qanday o’lchaymiz
- Qamrov (reach) va ER o’sishi
- Sifatli obunachilar oqimi
- Kontentning muntazam va o’z vaqtida chiqishi
Biz nima beramiz?
- Maosh: 11 000 000 so'mgacha
- Ish vaqti: 6/1 9:00 - 18:00 (shanba 13:00gacha)
- Rasmiy ishga joylashtirish
- G’oyalar uchun erkinlik: kreativni byurokratiyada bo’g’ib qo’ymaymiz
- 80+ filial, yuzlab xodim va mahsulot: kontent uchun cheksiz material va katta byudjet
Qanday topshirish kerak?
Javob berayotganda portfolio havolasini qo’shing: o’zingiz yuritgan akkauntlar, Reels’lar, Behance, Google Drive.
Bonus: “ASKO Instagram’ida birinchi qiladigan ishim...” degan 2–3 gaplik fikringizni yozing. Bunday javoblarni birinchi bo’lib ko’rib chiqamiz.
Portfoliosiz murojaatlar ko’rib chiqilmaydi.