EDTECH SOHASINI TUSHUNADIGAN KUCHLI TARGETOLOG KERAKBiz EdTech va ta’lim loyihalarimiz uchun tajribali targetolog izlayapmiz.
Bizga faqat reklama kabinetida target yoqib, budjet sarflaydigan texnik mutaxassis kerak emas. Targetolog ta’lim mahsulotini, uning auditoriyasini va reklama kreativlarini chuqur tahlil qila olishi kerak.
Asosiy vazifalar:- EdTech loyihasi, kurslar va maqsadli auditoriyani o‘rganish;
- Auditoriyani yoshi, qiziqishi, ehtiyoji va muammolari bo‘yicha segmentlarga ajratish;
- Har bir segment uchun reklama gipotezalarini ishlab chiqish;
- Target reklamalarini sozlash, ishga tushirish va optimallashtirish;
- Reklama boshlanishidan oldin qanday kreativlar kerakligini aniqlash;
- Dizayner va video jamoaga kreativ bo‘yicha aniq texnik topshiriq berish;
- Kreativ uchun g‘oya, asosiy xabar, sarlavha, hook, vizual uslub va CTAni belgilash;
- Banner, video va reklama matnlarini ishga tushirishdan oldin tahlil qilish;
- Turli kreativ va auditoriyalar bo‘yicha A/B testlar o‘tkazish;
- Qaysi kreativ ishlayotgani, qaysi biri natija bermayotganini raqamlar asosida aniqlash;
- Samarasiz reklamalarni to‘xtatish va yaxshi natija ko‘rsatayotgan kampaniyalarni kengaytirish;
- Reklama natijalarini muntazam tahlil qilib, aniq xulosalar va yangi takliflar berish.
Biz qanday mutaxassis izlayapmiz?:- Target reklama bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy tajribaga ega;
- EdTech, ta’lim markazi, onlayn kurs yoki akademiyalar bilan ishlagan;
- Meta Ads platformasini professional darajada biladi;
- Faqat target sozlashni emas, kreativ strategiyani ham tushunadi;
- Kreativlarni CTR, CPL, konversiya va auditoriya reaksiyasi bo‘yicha tahlil qila oladi;
- Dizayner va videografga tushunarli hamda aniq texnik topshiriq bera oladi;
- Bir xil kreativni uzoq vaqt aylantirib yurmaydi, doimiy ravishda yangi gipotezalarni sinab ko‘radi;
- Qarorlarni taxminlarga emas, analitika va raqamlarga asoslanib qabul qiladi;
- Oldingi loyihalaridagi natijalarni aniq ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlay oladi.
Ish natijasi qanday baholanadi?:Targetologning natijasi reklama yoqilgani yoki sarflangan budjet bilan emas, quyidagi ko‘rsatkichlar orqali baholanadi:
- Kelib tushgan sifatli arizalar soni;
- Bitta arizaning narxi — CPL;
- Reklama kreativlarining CTR ko‘rsatkichi;
- Sayt yoki landingga o‘tishlar konversiyasi;
- Sinovdan o‘tkazilgan kreativ gipotezalar soni va sifati;
- Samarali auditoriya segmentlarining aniqlanishi;
- Reklama budjetidan foydalanish samaradorligi;
- Kampaniyalar bo‘yicha aniq tahlil va xulosalar.
To‘lov tizimi: To‘lov
bazaviy haq va erishilgan natijaga bog‘langan KPI bonusi asosida belgilanadi.
KPI arizalar soni, ariza narxi, kreativlarning samaradorligi, konversiya va reklama budjetidan foydalanish natijalariga bog‘lanadi.
Murojaat qilish uchun:Quyidagilarni yuboring:
- EdTech yoki ta’lim yo‘nalishidagi tajribangiz;
- Boshqargan reklama budjetlaringiz;
- Eng yaxshi uchta reklama keysingiz;
- CPL, CTR, konversiya va boshqa erishilgan natijalar;
- O‘zingiz ishlab chiqqan kreativ g‘oya yoki dizaynerga bergan texnik topshiriq namunasi;
- Oldingi loyihalarda aynan qaysi ishlarni o‘zingiz bajarganingiz.
Vakansiyani to‘liq o‘qiganingizni tasdiqlash uchun murojaatning birinchi qatoriga
“EDTECH TARGET” deb yozing. Kod so‘zi ko‘rsatilmagan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.