Tabiiy mahsulotlar va sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishidagi rivojlanayotgan loyihamiz jamoasiga tajribali Targetolog qidirmoqdamiz!
tabiy salomatlik markazi · На сервисе с: 08.09.26 13:32
TARGETOLOG
Tabiiy mahsulotlar va sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishidagi rivojlanayotgan loyihamiz jamoasiga tajribali Targetolog qidirmoqdamiz!
Kompaniyamiz tabiiy giyohlar va sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqish va sotish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda kompaniyamizda 30 dan ortiq turdagi mahsulotlar, faol sotuv bo‘limi va marketing jamoasi mavjud.
Biz marketing yo‘nalishini kengaytirib, raqamli reklama orqali yangi mijozlarni jalb qilish, sotuv hajmini oshirish va reklama samaradorligini tizimli boshqarish uchun kuchli Targetolog izlamoqdamiz.
ASOSIY VAZIFALAR:
— Instagram, Facebook va boshqa reklama platformalarida target reklama kampaniyalarini ishga tushirish va boshqarish;
— Reklama kampaniyalari uchun maqsadli auditoriyalarni aniqlash va segmentatsiya qilish;
— Yangi auditoriyalarni izlash va test qilish;
— Reklama kreativlari va takliflarini test qilish;
— Reklama kampaniyalarini doimiy ravishda optimallashtirish;
— CPL, CPA, CTR, CPM, ROAS va boshqa asosiy marketing ko‘rsatkichlarini tahlil qilish;
— Reklama budjetini samarali taqsimlash;
— Qaysi mahsulot, kreativ, auditoriya va reklama formati eng yaxshi natija berayotganini aniqlash;
— Sotuv bo‘limi bilan hamkorlikda reklama orqali kelayotgan leadlar sifatini tahlil qilish;
— Reklamadan kelgan murojaatlarning sotuvga aylanish ko‘rsatkichlarini kuzatish;
— Retargeting va qayta sotuv kampaniyalarini tashkil qilish;
— A/B testlarni muntazam o'tkazish;
— Haftalik va oylik reklama hisobotlarini tayyorlash;
— Marketing jamoasi bilan birgalikda reklama strategiyasini ishlab chiqish;
— Yangi reklama kanallari va instrumentlarini izlash va sinovdan o'tkazish.
BIZ KIMNI QIDIRYAPMIZ:
— Targetolog sifatida kamida 2–3 yil amaliy tajribaga ega;
— Meta Ads Manager bilan professional darajada ishlay oladi;
— Reklama kampaniyalarini mustaqil ravishda noldan ishga tushira oladi;
— Auditoriyani segmentatsiya qilish va targeting strategiyasini ishlab chiqishni biladi;
— Reklama statistikasi va analitik ko‘rsatkichlarni tushunadi;
— CPL, CPA, CTR, CPM, ROAS kabi ko‘rsatkichlar bilan ishlay oladi;
— A/B testing o'tkazish tajribasiga ega;
— Lead generation va performance marketing tamoyillarini tushunadi;
— Reklama budjetini samarali boshqara oladi;
— Kreativlar va reklama takliflarini test qilish bo‘yicha tajribaga ega;
— Excel / Google Sheets bilan ishlay oladi;
— Natijaga yo‘naltirilgan va raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radi;
— Mustaqil qaror qabul qila oladi va natija uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
QO‘SHIMCHA USTUNLIKLAR:
— Sog‘liq, wellness, beauty, food, nutraceutical yoki FMCG loyihalarida ishlagan;
— Mahsulot sotuvini target reklama orqali oshirish tajribasiga ega;
— CRM yoki lead tracking tizimlari bilan ishlagan;
— Telegram, Instagram va boshqa kanallar orqali lead generation tajribasiga ega;
— Call-markaz bilan birgalikda ishlagan;
— Real кейсlar va natijalarini ko‘rsata oladi;
— Portfolio yoki reklama kampaniyalari bo‘yicha кейslarga ega.
BIZ TAKLIF QILAMIZ:
— Rivojlanayotgan va yangi mahsulotlar yo‘nalishiga ega kompaniyada ishlash;
— Marketing strategiyasiga bevosita ta’sir qilish imkoniyati;
— Real natija va KPI asosida ishlash;
— Professional rivojlanish imkoniyati;
— Barqaror ish;
— Ish haqi: suhbat natijasiga ko‘ra;
— Ish joyi: Toshkent shahri.
MUHIM:
Bizga faqat reklama kabinetida reklama yoqib beradigan targetolog emas, balki reklama → lead → sotuv → daromad zanjirini tushunadigan va raqamlar asosida qaror qabul qiladigan mutaxassis kerak.
HireSeeker собирает вакансии со всех площадок и присылает только релевантные. Бесплатно.